05 sen 09:55
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko: "Kamilla - haqiqiy jangchi!"
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko US Open 2026 turnirining uchinchi davrasida O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Kamilla Rahimovaga qarshi qiyin uchrashuv o'tkazganini tan oldi.
Belaruslik tennis malikasi uchrashuvdan so'ng hamyurtimizning ikkinchi setdagi o'yiniga yuqori baho berdi.
"U aqlbovar qilmas tennis namoyish etdi va ikkinchi setda haqiqatan ham bor kuchimni ishga solishga majbur qildi. Uchrashuvni ikki setda yakunlay olganimdan juda xursandman, chunki Kamilla — haqiqiy jangchi!", — dedi Sobolenko o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Jahonning birinchi raketkasi O'zbekiston vakilasi Kamilla Rahimovaga qarshi kechgan bahsda 6/3, 6/4 hisobida g'alaba qozondi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar