28 avg 12:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan Islam Maxachev bilan revansh jangi qachon bo'lishi mumkinligini aytdi
UFC jangchisi Arman Carukyan vazn chempioni Islam Maxachev bilan revansh jangi haqidagi savolga javob berdi.
"Islam bilan jang oktyabr oyida o'tkazilishi kerak edi. Lekin negadir jangni ko'chirishdi va hozir dekabr oyi haqida gap-so'zlar bo'lmoqda. Ha, dekabrda Islam bilan jang amalga oshishi mumkin.
Agar Islam dekabrgacha tiklana olmasa nima bo'ladi? Yoki vaqtinchalik kamar uchun jang bo'ladimi? Bularning hammasi Islamning qachon qaytishiga bog'liq. Agar u operaciya qilinsa va bahorgacha qaytmasa, bu holatda vaqtinchalik kamar uchun jang bo'ladi", - dedi Arman Carukyan.
Havola :
Fikrlar