19 iyu 09:27
Yangiliklar
Arman Carukyan kamar uchun kechgan jangda ilk bor yutqazdi
AQSHning Miluoki shahrida tashkil etilgan erkin kurash qoidalari asosidagi RAF 11 turnirining asosiy va co-main event bellashuvlari taniqli UFC jangchilari ishtirokida kechdi.
Asosiy jangda Arman Carukyan yarim o'rta vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni amerikalik Kolbi Kovingtonga qarshi gilamga chiqdi. Bellashuvda 5-3 hisobida g'alaba qozongan Kovington RAF Crossover chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Bu Armanning RAF ligasidagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Bungacha u 6 ta bellashuvning barchasida zafar quchgan edi.
Oqshomning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim bahsida asli falastinlik yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Belal Muhammad o'tgan yili eng og'ir o'pka ko'chirib o'tkazish operaciyasini boshdan kechirgan Ben Askrenni ochkolar hisobiga ko'ra engdi.

Fikrlar