09 iyu 08:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "Men keyingisiman"
Engil vazn toifasida armanistonlik UFC jangchisi, chempionlik jangi uchun davogar Arman Carukyan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali engil vaznning amaldagi chempioni Islam Maxachevning keyingi raqibi bo'lishini aytdi.
"Men titul uchun jang qiladigan keyingi davogarman. Qolganlar esa zaldagi joyini band qilishlari mumkin", deb yozdi Arman o'zining X (Twitter) sahifasida.
Avvalroq, sportchi to'qqiz oyga janglardan diskvalifikaciya qilingan edi. Bu Carukyan va Maxachev uchun o'zaro ikkinchi jang bo'ladi. Ular 2019 yilda ham to'qnash kelgan va o'shanda Islam ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar