So’nggi yangiliklar

20:57Айтжан Халмаханов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди 0 18:36Ямаль нима учун "Олтин тўп"ни ололмади? “France Football” бош муҳаррири изоҳ берди 0 17:49Кудерметова Гуанчжоудаги турнирда индонезиялик теннисчига қарши кортга чиқди 0 17:012027 йилнинг илк UFC турнири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:07Бугун Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 15:16Остон Ўрунов яна жароҳат олди 0 14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0 12:08Жасур Алижонов Рамазон Темиров қаерда хато қилганини айтди 0 11:30Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:45Айтжан Халмаханов Жаҳон чемпионлиги учун финалда курашади 0 09:48Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионати якунланди 0 09:03Хайме Мунгия барибир Никита Зон билан жанг қиладиган бўлди 0 19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0

22 jan 11:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Arman Carukyan navbatdagi jangida kimga qarshi oktagonga chiqish istagida ekanini aytdi

Teglar :  UFCArman Carukyan
Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi yakshanba tongida Los-Anjelesda o'tgan UFC 311 turnirida chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkoniyatidan foydalana olmagandi.

Carukyan belidagi jarohat sabab chempion Islam Maxachevga qarshi kechishi kerak bo'lgan jangga bir kun qolganda safdan chiqqandi. Maxachev UFC 311 turnirida Armanning o'rniga berilgan braziliyalik Renato Moykanini birinchi raundning o'zida bo'g'ib qo'ygan edi. Imkoniyatdan foydalana olmagan Carukyan endi saralash janglari orqali yana chempionlik jangi huquqini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. Bu borada u jang qilishni istagan ikki raqib nomini aytdi. 

"Men diviziondagi istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. CHunki ularning hammasini mag'lub eta olishimni bilaman va bunga ishonaman. Agar ular avval Maykl CHendlerni, keyin CHarlz Oliveyrani mag'lub etishimni istashsa, bunga bajonidil roziman. Baribir Islam yaqin orada qaytmaydi. U kamida olti oydan keyin kamarini himoya qilish uchun jang o'tkazadi. Bu holatda men Oliveyraga qarshi besh raundlik jang o'tkazishni xohlardim. Maykl CHendler ham chakki emas. Uning ham nomi bor va bu ko'p pul ishlab olishim uchun hizmat qiladi", - dedi Carukyan. 

Eslatib o'tamiz, UFC 311 turniridan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida tashkilot rahbari Dana Uayt engil vazn toifasi reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan imkoniyatidan foydalanib bo'lgani, yaqin orada unga chempionlik jangi berilmasligini aytgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing