So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

10 avg 14:32
Yangiliklar

Boshqalar

Armiya o'yinlarida ilk g'alaba: “REMBAT”chilarimiz ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi

Rossiya Federaciyasining Omsk shahrida o'tkazilgan “REMBAT” – “Eng ilg'or tamirlash va evakuaciya bataloni” musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi yakka tartibdagi poyga, harbiy texnika estafetasi, otish tayyorgarligi, jamoa sardorlari bellashuvi shartlarini ko'ngildagidek bajarib, yakunda umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar departamenti O'zAga malum qildi.

Musobaqa 4 avgust kuni start olgan edi. O'zbekiston harbiy mutaxassislari ushbu musobaqada birinchi marotaba ishtirok etishiga qaramay, beshta bosqichdan iborat bo'lgan bahslarning to'rttasida ikkinchi, bittasida esa birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda Rossiya birinchilikni qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin Laos jamoasiga nasib etdi. Dunyoning kuchli 8 jamoasi ishtirok etgan mazkur musobaqada O'zbekiston vakillari jami 6 022 ball yig'di.

photo_2019-08-10_11-06-38.jpg

photo_2019-08-10_11-06-39.jpg

photo_2019-08-10_11-06-40.jpg

photo_2019-08-10_11-06-41 (2).jpg

photo_2019-08-10_11-06-41.jpg

– Yigitlarimiz ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edi, – deydi jamoaga boshchilik qilayotgan podpolkovnik Ismoil Navro'zov. – Odam yursa oyog'i, qush uchsa qanoti kuyadigan jaziramalarda toblanishdi. Mana bugun o'sha zahmatlarning mevasidan bahramand bo'lyapmiz. Albatta, g'alaba lazzati hammaga ham yoqadi. Lekin bu birgina bizning emas, balki ona Vatanimizning ham yutug'idir.

Yigitlarimizning ushbu yutug'i Xalqaro armiya o'yinlarida ishtirok etayotgan boshqa jamoalarimizga ham kuch-g'ayrat va shijoat baxsh etishi tabiiy.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing