So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

14 may 10:56
Yangiliklar

Boshqalar

Armiya qo'l jangi bo'yicha kuchlilar saralandi

Mudofaa vazirligi sport klubida armiya qo'l jangi bo'yicha Ochiq saralash musobaqasi bo'lib o'tdi.

Unda barcha harbiy okruglar, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari hamda Toifalangan obektlarni qo'riqlash qo'shinlari qo'mondonliklari, shuningdek, respublikamizdagi oliy harbiy talim muassasalaridan jami 138 nafar harbiy sportchi 13ta jamoa tarkibida o'zaro bellashdi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra, Toshkent harbiy okrugi jamoasi 1-o'rinni egallagan bo'lsa, 2-o'rin Markaziy harbiy okrug sportchilariga nasib etdi. Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug jamoasi esa 3-o'ringa sazovor bo'ldi.

VF5A9541 (2).jpg

Musobaqa g'oliblari:

• Ramazon Temirov — Toshkent harbiy okrugi (-60 kg);

• Elyor G'ofurov — Toshkent harbiy okrugi (-65 kg);

• Behruz Akbarov — Toshkent harbiy okrugi (-70 kg);

• Husniddin Mamajonov — Markaziy harbiy okrug (-80 kg);

• Bekzod Nurmatov — Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti (-85 kg);

• SHerali Muhammadaminov — Toshkent harbiy okrugi (-90 kg);

• Ulug'bek Karimov — Markaziy harbiy okrug (+90 kg).

Musobaqa g'oliblari diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanib, MDHga azo mamlakatlar do'stona armiyalarining spartakiadasi doirasida o'tkaziladigan armiya qo'l jangi bo'yicha chempionatga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Takidlash kerak, o'tgan yilning sentyabr oyida Hamdo'stlikka azo davlatlar do'stona armiyalarining spartakiadasi doirasida Toshkentda o'tkazilgan armiya qo'l jangi chempionatida O'zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritgan edi. Bu yilgi xalqaro darajadagi musobaqa Qozog'istonda o'tkazilishi kutilmoqda.

VF5A9545 (2).jpg

VF5A9560 (2).jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing