So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

13 iyu 11:33
Yangiliklar

Boshqalar

Armrestling. Osiyo chempionatida 108 ta medal bilan ikkinchi bo'ldik FOTOGALEREYA

Qirg'izistonning Issiqko'l viloyati CHo'lpon ota shahrida armrestling bo'yicha o'smirlar, yoshlar, kattalar, faxriylar hamda imkoniyati cheklangan sportchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

6-12 iyun kunlari oralig'ida bo'lib o'tgan qita chempionatida 16 davlatdan 1000ga yaqin armrestlingchilar ishtirok etishdi. Yurtimiz sharafini esa Qurbon Konishev boshchiligidagi 120 nafar atletimiz himoya qildi. 

Osiyo chempionati kichik o'smirlar (14-15 yosh), o'smirlar (17-18 yosh), yoshlar (19-21 yosh), kattalar (ayollar va erkaklar), faxriylar hamda jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o'rtasida tashkil etildi. 

Hamyurtlarimizdan o'smirlar o'rtasida Nazokat Sorlieva (60 kg), Zarnigor Abdurahimova (45 kg), Siroj Tursunov (70 kg), Zuhra Xo'jaqulova (65 kg) 2 tadan oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'yishdi. 

Para armrestling bahslarida ishtirok etgan bir necha karra jahon chempioni Umidjon Ahmedov 90 kg vazn toifasida yana bir bor Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi. 

Osiyo chempionati yakunlariga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi sportchilari 26 ta oltin, 30 ta kumush, 52 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing