21 apr 13:14
Yangiliklar
Armrestling. Osiyo chempionatida medallar shodasi
O'smirlar, yoshlar, kattalar, imkoniyati cheklangan sportchilar o'rtasida o'tayotgan qita chempionatida 20dan ziyod davlatdan armrestlingchilar kimning qo'li kuchli ekanligiga oydinlik kiritishyapti. Ular orasida Qurbon Konishev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham bor.
Kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Sulton Nematullaev 3ta oltin medal bilan shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Avazbek Asadov ham Osiyo chempioniga aylandi.
O'smirlar o'rtasidagi musobaqada Siroj Tursunov oltin medalni qo'lga kiritdi. Saidxon Axmatxonov va Sarvar Qosimov bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Zarnigor Abdurahmonova bittadan kumush va bronza medali bilan taqdirlandi.
Imkoniyati cheklangan sportchilar bahsida Gulnoza Mamatqulova 2ta oltin, Abdurahmon Ulug'boev 1ta oltin medalni terma jamoamiz hisobiga yozib qo'ydi. Osiyo chempionati ertaga yakunlanadi.
Fikrlar