31 dek 09:39
Yangiliklar
Boshqalar
Armrestlingchilarimiz Seuldan bayramga sovg'a hozirlashdi FOTO
28-30 dekabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida armrestling bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Sillvis Classic xalqaro musobaqasida dunyoning ko'plab davlatlari qatorida O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar azosi ham ishtirok etdi.
Hamyutlarimizdan Dmitriy Dokuchaev 80 kg vaznda chap va o'ng qo'llarda o'tkazilgan musobaqada oltin medal sohibi bo'ldi. U shuningdek, mutloq vaznda ham chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi.
+100 kg vaznda ishtirok etgan sportchimiz Jamshid Mahkamov hamda 90 kg vaznli qo'l sport ustamiz SHuhrat Nabiev kuchli oltilikdan joy olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar