28 sen 08:22
Yangiliklar
SHaxmat
Aronyan - jahon Kubogi hamda 96 000 dollar sohibi!
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida shaxmat bo'yicha jahon Kubogi yakunlandi.
Sayyoramizning 128 nafar eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etgan musobaqaning hal qiluvchi final bahsida xitoylik Din Lijen va armanistonlik Levon Aronyan o'zaro to'qnash kelishdi.
O'tkazilgan 4 ta klassik partiyada kuchlar teng keldi – 2:2. CHempion nomi tay-breykda aniqlandi. Unda Aronyan 2 ta partiyada g'alaba qozonib, jahon Kubogini qo'lga kiritdi.
Jahon Kubogining umumiy mukofot jamg'armasi 1,6 million dollarni tashkil etdi. Aronyan g'olib sifatida 96 000 dollarga ega bo'ldi. Finalchi esa 64 000 dollar bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqada qatnashgan hamyurtimiz Jahongir Vohidov ilk davradayoq mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Fikrlar