20 avg 13:05
Yangiliklar
SHaxmat
Aronyan Sent-Luisdagi superturnir g'olibi, Kasparov Anandni ortda qoldirdi
Armanistonlik grossmeyster Levon Aronyan AQSHning Sent-Luis shahrida o'tkazilgan Grand Chess Tour superturniri g'olibiga aylandi.
Aronyan rapid yo'nalishida g'olib chiqqan bo'lsa, rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakin blic bahslarida tengsiz deb topildi. Har ikki yo'nalish yakunlariga ko'ra 13-jahon chempioni Garri Kasparov yana bir sobiq jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anandni ortda qoldirdi.
Turnir jadvalidagi yakuniy ko'rinish (rapid+blic):
1. Levon Aronyan -24,5 ochko
2-3. Sergey Karyakin, Xikaru Nakamura - 21,5
4. Yan Nepomnyashhiy - 20
5-7. Fabiano Karuana, Lener Dominges, Le Kuang Lem - 16,5
8. Garri Kasparov - 16
9. Vishvanatan Anand -14
10. David Navara -13.
Havola :
Fikrlar