17 dek 10:36
Yangiliklar
Futbol

“Arsenal” 4 oy deganda ilk bor mag'lub bo'ldi
“Arsenal” Angliya Premer ligasining 17-turida “Sautgempton” jamoasi mehmoni bo'lib, 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Londonliklar 4 oy ichida ilk bor yutqazishdi. Jamoa mavsumni ikki mag'lubiyat —“Manchester Siti” (0:2) va “CHelsi” (2:3) bilan boshladi. To'pchilar 22 ta o'yinda mag'lub bo'lishmadi. 17 ta uchrashuvda g'alabaga erishishdi va 5 ta durang qayd etishdi. “Kanonirlar” 34 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 5-o'rinda borishyapti.
Havola :
Fikrlar