19 okt 07:01
Yangiliklar
Futbol

"Arsenal" derbida so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi
Angliya Premer ligasining 8-turi yakuniy bahsida "Arsenal" hamshahri "Kristal Pelas" bilan durang o'ynadi.
O'yinning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo'shib berilgan beshinchi daqiqada Lyakazett tomonidan kiritilgan gol "to'pchilar"ni muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Arsenal – Kristal Pelas 2:2
"Emireyts" stadioni
Gollar: 1:0 – 8 Obameyang, 1:1 – 50 Benteke, 1:2 – 73 Eduar, 2:2 – 90+5 Lyakazett.
Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Tirni, Parti (Martinelli, 81), Edegor (Lyakazett, 67), Smit-Rou, Saka (Lokonga, 46), Obameyang, Pepe.
Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Makartur, Milivoevich (Kuyate, 67), Gallaxer, Ayyu (Olise, 71), Benteke, Eduar (Tomkins, 82).
Ogohlantirishlar: Saka (42), Makartur (42).
Havola :
Fikrlar