30 dek 14:23
Yangiliklar
Futbol

"Arsenal" "Enfild"dagi so'nggi 6ta o'yinda 22ta gol o'tkazib yubordi
APLning 20-turida "Arsenal" "Enfild"da 1:5 hisobida "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi.
London klubi "qizillar" maydonida o'tkazgan so'nggi 6ta o'yinida 22ta gol o'tkazib yubordi. Bu bahslarning 4tasi "Liverpul" g'alabasi, yana 2tasi durang bilan yakun topgan.
"Arsenal" so'nggi bor mehmonda "Liverpul"ni 2012 yilning 2 sentyabrida 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.
"Liverpul" keyingi turda "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi. Bahs 3 yanvarda o'tkaziladi. "Arsenal" esa 1 yanvar kuni "Fulxem"ni qabul qiladi.
Havola :
Fikrlar