14 dek 11:22
Yangiliklar
Futbol

"Arsenal" Evropa ligasi rekordini takrorladi
London klubi so'nggi turda “Qorabog'”ga qarshi o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Emeri shogirdlari Evropa Ligasi doirasida 5 ta o'yindan beri o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. Bunday natijani avval faqat “Napoli” va “Zalcburg” qayd etgandi. “Arsenal” “Qorabog'”ga qarshi ikki o'yinda (3:0, 1:0), “Sporting”ga qarshi ikki uchrashuv (1:0, 0:0) va “Vorskla”ga qarshi bahsda (3:0) o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar