05 mar 17:00
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" forvardi Martinelli butun faoliyatini London klubida davom ettirishga tayyor
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli butun faoliyatini "kanonirlar" tarkibida o'tkazishga tayyor.
"Bizda ko'plab yosh futbolchilar bor, oldinda vaqtimiz ko'p. Jamoa katta narsalarga erishish uchun etarli sifatga ega. Biz CHempionlar Ligasiga etiborimizni qaratganmiz va chempionatda top-4ga kirmoqchimiz. "Arsenal"dek klub CHLda ishtirok etishi kerak.
Biz doim kattarog'ini xohlaymiz. "Arsenal" - katta klub. Agar imkoni bo'lsa, butun faoliyatimni shu erda o'tkazaman. Men shu erda qolmoqchiman va sheriklar va ajoyib muxlislar bilan sovrinlarni qo'lga kiritmoqchiman", - deydi Martinelli.
Martinelli "Arsenal"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi. 20 yoshli braziliyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "kanonirlar" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar