23 apr 11:17
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" Gabriel Jezus bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganadi
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus yozda jamoadan ketishi mumkin.
"Arsenal" faoliyatidagi yangi chaqiriqqa tayyor bo'lgan 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
Rasmiy muzokaralar bo'lib o'tmadi, ammo London klubi bir necha oylardan buyon o'yinchining vakillari bilan aloqada.
Jezusning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. U yozda boshqa klublar bilan muzokaralar o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Braziliyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar