29 jan 19:02
Yangiliklar
Futbol

"Arsenal" ispaniyalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati "Flamengo" himoyachisi Pablo Marining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
"To'pchilar" 26 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga oladi.
Londonliklar o'yinchining ijarasi uchun 5 million evro miqdoridagi mablag'dan voz kechishadi.
Mari "Malorka" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Pablo 2016-2019 yillar davomida "Manchester Siti"ga tegishli bo'lgan, ammo "shaharliklar" tarkibida umuman maydonga tushirilmagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar