12 iyu 12:56
Yangiliklar
Futbol

"Arsenal" Korreaga qiziqmoqda
"Lacio" forvardi Xoakin Korrea faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun "Arsenal" davogarlik qilmoqda.
Rim klubi o'yinchi uchun 40-45 million evro miqdorida mablag' olmoqchi. Korrea o'tgan mavsum "Lacio" safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 30 million evroga baholamoqda.
Havola :
Fikrlar