11 mar 14:50
Yangiliklar

"Arsenal" o'yinchilari koronavirus sababli 14 kun karantinda bo'lishadi
"Arsenal"ning bir necha o'yinchilari 14 kunlik karantinda bo'lishadi,
Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Olimpiakos" xo'jayini Evangelos Marinakisda koronavirus aniqlangan. 27 fevralda Londonda bo'lib o'tgan Evropa Ligasi pley-offi doirasidagi "Arsenal" - "Olimpiakos" (1:2) bahsidan so'ng greciyalik biznesmen londonliklar tarkibidagi bir necha futbolchilar bilan ko'rishgan.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Marinakisning koronavirusga chalinganidan so'ng bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Man Siti" - "Arsenal" o'yini ham qoldirilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar