25 iyu 20:10
Yangiliklar
"Arsenal" Rafinya uchun kurashda etakchilik qilmoqda
"Kanonirlar" allaqachon vinger Markinos ("San-Paulu") va yarim himoyachi Fabiu Vieyra ("Portu") bilan shartnoma imzolashgan. SHuningdek, jamoa Eddi Nketia bilan ham kelishuvni uzaytirdi.
Endi "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Lids" vingeri Rafinyani o'z jamoasiga taklif qilmoqchi. "The Athletic" jurnalisti Devid Ornshteyn xabariga ko'ra, "kanonirlar" 25 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida qo'lga kiritish niyatida. Qayd etilishicha, London klubi allaqachon futbolchining transfer bozoridagi narxidan cho'chiyotgan "Barselona"dan tashabbusni tortib olgan.
Rafinyaning "Lids" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. U 2020 yilning kuzida "Renn"dan Angliya klubiga o'tgan edi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining transfer narxi 45 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar