12 noy 16:29
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" "RB Leypcig" futbolchisi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
"RB Leypcig" yarim himoyachisi Kristofer Nkunku faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
22 yoshli franciyalik futbolchi bilan Londonning "Arsenal" klubi shartnoma imzolamoqchi. "To'pchilar" "buqalar"ga qishki transferlar oynasida xavbekning transferi bo'yicha taklif beradi. "RB Leypcig"ga kelsak, nemis klubi o'yinchini sotmoqchi emas.
Yarim himoyachi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi. Nkunkuning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar