01 jan 08:05
Yangiliklar
Arsenal yilning eng so'nggi o'yinida so'nggi daqiqada g'alabani boy berdi
Uchrashuvning asosiy voqealari so'nggi 10 daqiqa sodir bo'ldi. 83-daqiqada Aleksis Sanchesning jarimadan yo'llagan zarbasi Makkleynga tegib darvozadan joy oldi - 0:1. 89-daqiqada hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Uni Jey Rodriges aniq amalga oshirib, APLning bu yildagi eng so'nggi golini urdi - 1:1.
Angliya chempionati. 21-tur
Vest Bromvich – Arsenal 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 83, avtogol Makkleyn, 1:1 – 89, penalti Rodriges.
Vest Bromvich – Foster, Fillips (Makkleyn, 72), Douson, Xegazi, Evans, Gibbs, Livermor, Berri, Brant (Krixovyak, 72), Rodriges, Robson-Kanu (Nom, 75).
Arsenal – CHex, CHembers, Mustafi, Koselni (Mertesaker, 72), Belerin, Uilsher, Jaka, Kolashinac (Meytlend-Naylz, 37), Ivobi (Uelbek, 74), Sanches, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Evans (34), Mustafi (58), Brant (59), Douson (82), Uilsher (88), CHex (90).
Fikrlar