04 avg 21:15
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" "Yuventus" futbolchisini sotib olishni uddalay olmadi
"Goal" nashri xabariga ko'ra, "Yuventus" Daniele Rugani borasida "Arsenal" bilan muzokaralar o'tkazishdan bosh tortdi.
"Kanonirlar" futbolchini sotib olish sharti bilan ikki yilga ijaraga olmoqchi bo'lishgandi. Ammo turinliklar uni birdaniga sotib yuborishni istashdi.
Ruganining xizmatlariga "Milan", "Everton", "Vest Xem", "Valensiya" kabi klublar tomonidan qiziqish bo'lgandi. Ammo ularning orasida faqatgina "Arsenal" unga asosiy davogarlik qilgandi.
Havola :
Fikrlar