06 dek 07:11
Yangiliklar

"Arsenal"ning o'z maydonidagi kutilmagan mag'lubiyati
Bu bilan London klubining g'alabasiz seriyasi 9 ta o'yinga etdi. Bu gal “Arsenal” “Emireyts” stadionida, 60 mingdan ziyod muxlis ko'z o'ngida “Brayton” klubiga yutqazib qo'ydi.
Mazkur mag'lubiyatdan keyin Freddi Yunberg boshqaruvi ostida bo'lib turgan jamoa musobaqa jadvalining 10-pog'onasiga tushib ketdi. “To'pchilar” hisobida 15 o'yinda jamg'arilgan 19 ochko bor.
Arsenal – Brayton 1:2
“Emireyts” stadioni
Gollar: 0:1 – 36 Uebster, 1:1 – 50 Lyakazett, 1:2 – 80 Mope.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Kolashinac (Tirni, 72), Belerin, David Luiz, Uillok (Pepe, 46), Jaka, Torreyra, Ozil, Lyakazett (Martinelli, 77), Obameyang.
Brayton – Rayan, Bern, Uebster, Dank, Muy, Stivens, Gross (Trossard, 80), Propper, Alsate (Daffi, 88), Mope, Konnolli (Montoyya, 76).
Ogohlantirishlar: Belerin (20), Papastatopulos (45), Gross (60), David Luiz (68).
Fikrlar