19 dek 12:12
Yangiliklar

Arteta "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi, u bugun rasman tanishtirilishi mumkin
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Arteta "Arsenal" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.
Ispaniyalik 3,5 yillik shartnomaga imzo chekkanidan so'ng "kanonirlar" bosh murabbiyiga aylanadi. Mikel "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida bugun rasman tanishtirilishi mumkin.
Artetaning debyut o'yini 21 dekabr kuni "Everton"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Freddi Yungberg Artetaning murabbiylar shtabiga kiradi. SHveciyalik Unai Emerining istefosidan so'ng jamoani vaqtinchalik boshqarayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, Arteta "Siti"da 2016 yildan beri Xosep Gvardiolaga yordam berib kelmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar