18 apr 13:59
Yangiliklar
Futbol

Arteta Gvardiolaga rahmat aytdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta ECHL doirasidagi "Real"ga qarshi bahsdan keyin "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolaga minnatdorlik bildirdi.
"Bugun ertalab unga qo'ng'iroq qildim. Bu erdaligimga u sababchi, shuning uchun unga rahmat deyman. U menga ilhom bag'ishlagan. Men u bilan to'rt ajoyib yilda yashadim va doim undan minnatdorman. Usiz bu erda bo'lmagan bo'lardim", – dedi Arteta.
"Arsenal" birinchi uchrashuvda "Real"ni 3:0 hisobida taslim qildi, javob uchrashuvida ham 2:1 hisobida g'alaba qozondi. London klubi ECHL 2008/09 yilgi mavsumidan beri ilk bor yarim finalda o'ynaydi. Londonliklar final yo'lida PSJ bilan kurash olib boradi.
Havola :
Fikrlar