24 avg 12:16
Yangiliklar
Eshkak eshish
Artur Guliev va Elyorjon Mamadaliev jahon chempionati sovrindori bo'lishdi
Vengriyaning Seged shahrida davom etayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Kanoeda eshkak eshish bo'yicha 200 metr masofaga kechgan final bellashuvi delegaciyamiz uchun omadli yakunlandi.
Ushbu dasturda yurtimiz sharafini himoya qilgan Artur Guliev hamda Elyorjon Mamadaliev marra chizig'ini uchinchi bo'lib kesib o'tishdi va jahon chempionatining bronza medali bilan taqdirlandilar. Yigitlarimiz ushbu masofani bosib o'tish uchun 36.42 soniya sarflashdi.
Kanoeda eshkak eshish bo'yicha JCH. Vengriya
Kanoe-juftlik. 200 metr, erkaklar.
1. Alberto Pedredo / Pablo Grana (Ispaniya) – 36.06
2. Mixal Lubneski / Arsen Slivinski (Polsha) – (+0.12)
3. Artur Guliev / Elyorjon Mamadaliev (O'zbekiston) – (+0.36)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar