So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

17 noy 08:59
Yangiliklar

Futbol

Artyom Filiposyan faoliyatini yana O'zbekistonda davom ettirishi mumkin

Hamyurtimiz Artyom Filiposyan ushbu mavsumda Tailandning “Prachuap” klubi safida to'p tepdi.

Ushbu jamoa Tailand yuqori divizionida ilk mavsum ishtirok etganiga qaramay, mamlakat Liga kubogida zafar quchdi chempionatda esa 9-o'rinni egalladi. 

Artyom ushbu jamoa safida chempionat bahslarida 29 marta maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg'ol etishga ham ulgurdi.

“Tailand yuqori ligasida kurash bu yil ancha qizg'in kechdi. Mamlakatning birinchi raqamli jamoasi hisoblangan “Buriram” so'nggi turda g'alaba qozona olmay, chempionlikni “CHiangray Yunayted”ga topshirgan bo'lsa, Liga kubogining final bahsida bizning jamoa bilan durang o'ynab, penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Aytmoqchi, bo'lganim bu erda legionerlarga bo'lgan talab judayam yuqori. Agar klub rahbarlariga o'yining yoqmay qolsa, o'sha zahotiyoqt shartnomani bekor qilib (tovon pullarini to'lab berishadi), o'rningga boshqa futbolchini sinab ko'rishlari mumkin...

Men bilan birga himoya markazida o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Adnan Oraxovac harakat qildi. Bu yurtda ilk marta to'p tepgan bo'lsamda, muxlislar mehrini qozonishga harakat qilishga harakat qildim”, deydi samarqandlik himoyachi.

Ayni paytda futbolchi Toshkentda oilasi davrasida hordiq chiqrmoqda. Futbolchining aytishicha, Tailand klubi bilan bir yillik shartnomasi nihoyasiga etgan. Filiposyanning xizmatlariga Superliga sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan klublaridan biri jiddiy qiziqmoqda. SHuningdek, Tailand jamoalaridan ham futbolchiga jiddiy taklif tushgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing