07 mar 21:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev licenzion turnirdagi ikkinchi jangida ham g'alabaga erishdi
Italiyada boks bo'yicha Parij Olimpiadasi uchun licenziya taqdim etuvchi musobaqa davom etmoqda.
Musobaqada -71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev bugun ikkinchi jangini Germaniya sharafini himoya qilayotgan Magomed SHaxidovga qarshi o'tkazdi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Endi Asadxo'ja musobaqadagi uchinchi jangini 10 mart kuni kechki dasturda Ukraina yoki Kolumbiya vakiliga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Asadxo'ja ilk jangida Jazoir vakiliga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:05
Toshkent rekord darajadagi qatnashchilar ishtirok etadigan Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi 0
Fikrlar