08 fev 14:46
Yangiliklar
SHaxmat

Asakada shaxmat musobaqasi o'tkazildi
Andijon viloyati Asaka tumanida o'quvchi-yoshlar o'rtasida “Yoshlar shaxmat taxtasi” musobaqasi tashkil etildi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Asaka tumani kengashi hamda tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada mingdan ortiq aql gimnastikasining bo'lajak ustalari o'zaro bellashdilar.
– Biz “Yoshlar shaxmat taxtasi” musobaqasi orqali bo'lajak xalqaro grossmeysterlarni aniqlashni, ularni yanada qo'llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz, – deydi Yoshlar ittifoqi Asaka tuman Kengashi raisi Abduvali Qurbonov. – Tuman Kengashimiz qoshida shaxmat to'garagi faoliyat yuritib, bugungi kunda 100 dan ortiq o'quvchi-yoshlarga aql gimnastikasidan saboq bermoqda.
Musobaqa so'ngida g'oliblarga viloyat bosqichiga yo'llanma, maxsus diplom va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar