31 mar 07:47
Yangiliklar
Futbol

Asensio jarohatdan forig' bo'ldi
“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio jarohatidan to'liq forig' bo'ldi.
Futbolchi sakkiz oydan oshiroq davom etgan davolanish jarayonidan keyin mashg'ulotlarga qaytishga tayyor. So'nggi marta u o'tgan yilning iyulida maydonga tushgandi.
Asensio yanvar oyida jarohatdan keyin ilk mashg'ulotlarni o'tkaza boshlagandi. Biroq hozirga kelib u tizzasidan olgan jarohatdan batamom forig' bo'ldi.
Ispaniya chempionati bahslari koronavirus pandemiyasi tufayli nomalum muddatga to'xtatilgan. Musobaqaning qachon start olishi nomalum.
Havola :
Fikrlar