19 okt 14:25
Yangiliklar
Futbol
Ashurmatov jamoasi K-ligaga chiqish uchun muhim qadam tashladi
Bugun Janubiy Koreya K2 ligasi doirasidagi "Gvangju" va "Anyan" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z uyida "Anyan"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Ashurmatov mazkur o'yinda doimgidek to'liq 90 daqiqa harakat qildi. "Gvangju" 33 turdan so'ng 70 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda. CHempionat yakunlanishiga esa 3 tur qolgan. "Gvangju" esa ikkinchi o'rindagi "Busan I'Park"dan 10 ochko ilgarilab ketgan.
"Busan I'Park" 33-turda o'z maydonida "Ansan Griners"ni qabul qiladi. Maydon egalari ushbu bahsda mag'lubiyatga uchrashsa, Rustam Ashurmatov jamoasi muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qilgan bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar