So’nggi yangiliklar

20:35Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди 0 20:13Ҳумоюн Тўхтамуродов Қозоғистонда жанг қилиб, рақибини биринчи раунддаёқ нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 19:26Муҳриддин Тиловов Qazaqstan Barysy Grand Slam турнирида бронза медалини қўлга киритди 0 19:11Жон Жонс трилогия жангида Кормьени мағлуб этишига ишонади 0 18:38Расман: Хаби Алонсо "Байер"дан кетаётганини эълон қилди 0 18:12Шоҳжаҳон Абдуллаевнинг бугунги жанги бекор бўлди 0 17:47Ўзбекистон кубогининг сўнгги кунги натижалари маълум 0 17:22Пакьяонинг навбатдаги жанги санаси маълум, унинг кардида Тим Цзю Фундорага қарши реванш жангини ўтказади 0 16:43"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр 0 16:20Нурсултон Рўзибоев: "Мен тайёрман" (ФОТО) 0 15:52Муҳриддин Тиловов Qazaqstan Barysy Grand Slam бронза медали учун татамига чиқади 0 15:25Top Rank вице-президенти: "Ломаченкони яна рингда кўрамизми ёки йўқ — бу аниқ эмас" 0 15:00Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди 0 14:39Умар Нурмагомедов операциядан сўнг спаррингларга қайтди 0 14:16Байдарка ва каноэчиларимиз Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда. Таркибда легионер ҳам бор 0

16 sen 22:05
Yangiliklar

Boshqalar

Ashxobod-2017. Musobaqaning ilk kunida ikkita oltin medal qo'lga kiritdik

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tmoqda.


22:00. Kun yakunlariga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlarining ilk kunida 2 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Umumjamoa hisobida ikkinchi o'rindamiz. Turnir peshqadami 16 ta oltin medal qo'lga kiritgan mezbonlar Turkmaniston terma jamoasi bo'lib turibdi.


21:05. Bitta jang o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan jui jitcuchi Suhrob Usmonovda bronza medali...


21:02. OBIDALI MAVLONOVDAN HAM OLTIN MEDAL!


21:00. O'ZBEKISTON TERMA JAMOASI ILK OLTIN MEDALNI QO'LGA KIRITDI. MEZBONLAR VAKILINI MAG'LUB ETGAN KURASHCHIMIZ ILHOMJON MASHRAPOV TERMA JAMOAMIZGA ILK OLTIN MEDALNI QO'SHIB QO'YDI.


19:05. Gulmira Ismatova ham finalda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yana bir kumush medal...


18:40. Mamajonova Dilafruz ham bronza medali sohibi! Bronzalarimiz soni 7 taga etdi.


18:20. Hozircha O'zbekiston delegaciyasi hisobidagi medallar soni 8 taga etdi. 2 ta kumush, 6 ta bronza. Oltin kerak!


18:15. SHahzoda Ergasheva va Gulhumoroy Dadaboevalar finalda imkoniyatni boy berdilar va kumush medal bilan kifoyalanishdi.


15:00. Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan so'ng oltin medallar uchun janglar bo'lib o'tadi.


14:15. O'zbekiston terma jamoasi hisobiga oltinchi bronza medalini kurashchi Mo'ydinova Manzuraoy qo'shib qo'ydi. U yarim finalda mezbon sportchiga imkoniyatni boy berdi.


14:05. SHahzoda Ergasheva ham finalda jang qiladigan bo'ldi.


13:38. Mavlonov Obidali yarim finalda turkmanistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.


13:37. Hozircha terma jamoamiz sportchilari hisobida 5 ta bronza medali bor. Birinchi oltinni kim olib berarkin? Kutamiz!


13:35. Islomjon Qo'ldoshev yarim finalda raqibiga yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.


13:30. Ismatova Gulmira va Ilhomjon Mashrapovlar ham final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.


13:25. Kurashchimiz Dadaboeva Gulxumoroy mo'g'ulistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'llanma oldi.


13:23. Yana bir kurashchi Nematov Eldor yarim finalda yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.


13:15. Uch nafar sportchimiz bronza medalini qo'lga kiritdi. Ananaviy kurash (turkman milliy kurashi) da ishtirok etgan sportchilarimiz Fayzulla Ummatov, SHahobiddin Sangilov va Abdurasul Habibullaevlar terma jamoamizga ilk medallarni qo'shib qo'ydilar.


13:00. Hozircha jui-jitcuchimiz Suhrob Usmonov yarim finalga etib bordi. U bahslarda chorak finaldan qo'shilgandi. Sportchining chorak finaldagi taylandlik raqibi musobaqalardan chetlatildi. Bu esa Suhrobga jang qilmasdan yarim finalga chiqish imkoniyatini yaratdi. Endi u kechki payt bo'lib o'tadigan medallar uchun janglarda ishtirok etadi. Boshqa bir jui-jitcuchimiz Sirojiddin Eshonbaev esa birozdan so'ng chorak finalda mezbonlar vakili Fahriddin Abdullaevga qarshi jang qiladi.

Musobaqaning ilk kunida O'zbekistonlik sportchilar jui-jitcu hamda turkman milliy kurashi sport turlaridan ishtirok etadilar.

Bugungi bahslarda quyidagi sportchilarimiz qatnashadilar:

Jui-jitcu:

-69kg: Sirojiddin Eshonbaev
-77kg: Suhrob Usmonov


Ananaviy kurash:

-57kg: Husan Nosirov
-62kg: Abdurasul Habibullaev
-62kg: Fayzulla Ummatov
-68kg: Elbek Sotvoldiev
-68kg: Ilhomjon Mashrabov
-75kg: Husniddin Ro'ziev
-75kg: SHahobiddin Sangilov
-82kg: Kamoliddin Mahkamov
-82kg: Eldor Nematov
-90kg: Obidali Mavlonov
-90kg: Abduqahhor Egamov
-100kg: Nuriddin Mahamadov
-100kg: Islomjon Qo'ldoshev
+100kg: SHerzod Rahimov
+100kg: Odiljon Suyunov

-52kg: SHahzoda Ergasheva
-52kg: Manzuraoy Mo'ydinova
-58kg: Gulhumoroy Dadaboeva
-63kg: Dilafruz Mamajonova
-63kg: Xavasxon Jo'raqo'zieva
-70kg: Gulmira Ismatova
+70kg: Saxobat SHeralieva

Reyting: +4   

Fikrlar

   
17 sen 00:16:03
Ali
Umumiy nechta jamoa nechta sportchi bilan qatnashyapti shuniyam yozilar yo faqat Turkmaniston bilan O'zbekiston qatnashishyaptimi
   
16 sen 23:47:35
Didi_hamann
Shahzod Xojayli foydalanuvchining fikriga javob berish
Uyga 100ta medal bilan qaytinglar ey xudoyim oziz qolab turing Uzbekistonlik sportchilarni g'alaba yor bolsin ularga
Dòstim, bitta maslahatda shunchaki. Nega Xudoni sizlamaymiz, unga sen deb murojaat qilamiz? Chunki Xudo bitta. "Siz" kòplikda ishlatiladi. Biz Unga nisbatan Siz desak unga sherik qòshgan bòlamiz.
Mani òzim umuman dindor emasmanu, lekin bu holat boshqa davralada qizarishingizga sabab bòlmasin degan maqsadda aytayapman. Peace
   
16 sen 21:05:49
Shahzod Xojayli
LIVE
1 Turkmaniston 13 11 7 31
2 Uzbekiston 2 3 8 13
3 Tailand 2 2 3 7
4 Pokiston 1 1 4 6
5 Mog'iliston 1 1 3 5
6 Afganistan 0 1 0 1
7 Tadjikistan 0 0 6 6
8 Iran 0 0 3 3
9 Kazakistan 0 0 3 3
10 Vietnam 0 0 3 3
Bu xozirgi onlayn jadval LIVE
   
16 sen 20:56:14
Shahzod Xojayli
Adminlar iltimos tezlashaylik!!!
   
16 sen 20:53:59
Shahzod Xojayli
2chi oltin muborak dostlar 2ta oltin 3ta kumush 8ta bronza
20:53
   
16 sen 20:32:31
Ali
Adminlar qani matnli translatsiya ujinam bunchali ko'p qimaselar kere
   
16 sen 20:20:57
Shahzod Xojayli
1ta oltin 3ta kumush 8ta bronza
   
16 sen 20:20:01
Shahzod Xojayli
Oltin muborak dostlar 1ta oltin 2ta kumush 8 ta bronza
   
16 sen 20:08:03
Bahodir
100 та медаль яхши,
лекин 1 та олтин юкори,
100 та кумуш ва бронзадан.
Йигит кизларимизга омад,
галабалар билан келинглар.
   
16 sen 18:45:12
Shahzod Xojayli
Xa xozirda bizga oltin kerak
   
16 sen 18:43:33
Shahzod Xojayli
Medallar 9ta boldi 2ta kumush 7ta bronza 18:43
   
16 sen 18:19:57
Shahzod Xojayli
Adminlar bizda 8 ta medal boldi tez tez ishlanglar iltimos 2ta kumush va 6ta bronza
   
16 sen 18:16:05
Shahzod Xojayli
Bugun Uzbekistonlik sportchilar chiqadimi xabar berib turinglar adminlar
   
16 sen 18:14:36
Rasulbek...1998
Shahzod Xojayli foydalanuvchining fikriga javob berish
Uyga 100ta medal bilan qaytinglar ey xudoyim oziz qolab turing Uzbekistonlik sportchilarni g'alaba yor bolsin ularga
100 ta bronza yoki kumushdan ko'ra 10 ta oltin yetadi. Muhimi qozoqlardan tepada bo'linglar
   
16 sen 15:46:09
Shahzod Xojayli
Uyga 100ta medal bilan qaytinglar ey xudoyim oziz qolab turing Uzbekistonlik sportchilarni g'alaba yor bolsin ularga
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing