18 sen 14:29
Yangiliklar
Ashxobod-2017. Olimpiya shaharchasidagi ulkan ot shakli Ginnes rekordlari kitobidan joy oldi
Olimpiya shaharchasidagi musobaqa mashalasi yonib turgan inshoot dunyoda ot shakliga ega eng ulkan arxitektura namunasi deb tan olindi va Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Malumotlarga ko'ra, ushbu shaklning balandligi 40.05 metr, uzunligi 37.69 metr, kengligi 40.24 metrga tengdir.
SHuningdek, Olimpiya shaharchasidagi suv sporti turlari markazi ham Ginnes rekordlari kitobidan joy oldi. Ushbu inshootga dunyodagi eng katta usti yopiq suzish xavzasi nomi berildi. Umumiy maydoni 4976,65 kv. metrni tashkil etgan ushbu majmua suzish va suvga sakrashga mo'ljallangan 4 ta basseynni o'z ichiga oladi. Bir vaqtning o'zida besh mingdan ortiq tomoshabin bevosita bahslarni kuzatib borish imkoniyatiga ega.
Fikrlar