22 sen 14:30
Yangiliklar
Tennis

Ashxobod. Farrux Do'stov yarim finalga chiqdi
Turkmanistonda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan tennischimiz Farrux Do'stov turnir chorak finalidagi o'yinini o'tkazdi.
Tajribali tennischimiz yarim final yo'llanmasi uchun bo'lib o'tgan o'yinda qozog'istonlik Denis Evseevga qarshi kortga chiqdi va 6:2, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi.
Endi u finalga chiqish uchun turnirning ikkinchi raqamli tennischisi hisoblangan hindistonlik Sumit Nagalga qarshi o'ynaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar