So’nggi yangiliklar

20:25"Рома" Ла Лига ўтган мавсуми тўпурарларидан бирини сотиб олмоқчи 0 20:02Нуротада гандбол бўйича Ўзбекистон чемпионлари аниқланди 0 19:41Рафаэль Надаль Бостаддаги турнирда иштирок этади 0 19:20Грузиялик Жаҳон чемпиони ўз уйида ўлик ҳолда топилди 0 18:58Шайҳонтоҳурда стол тенниси бўйича "Солиқ қўмитаси раиси кубоги" ўтказилди 0 18:58Алекс Фергюсон: "Роналду ЖЧ-2026да ўйнашини тасаввур қила олмайман" 0 18:37"Шавкат Раҳмонов дивизиондаги энг хавфли йигит" - Иан Гарри 0 18:15Қозоғистон терма жамоаси Париж Олимпиадаси учун таркибини эълон қилди + ФОТО 0 17:53Холлоуэй Топурия ҳақида: "У йигит шунчаки ўзидан тўқиб гапирмоқда" 0 17:30Расман: "Манчестер Юнайтед" Эрик тен Хаг билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Мен ҳеч қачон реваншларда ютқазмаганман. Ютқазмайман ҳам". Блахович Перейрага мурожаат қилди 0 16:51Катта карвон олимп сари йўлга чиқди 0 16:45Қозоғистоннинг Париж Олимпиадасидаги байроқдорлари маълум бўлди 0 16:23UFC чемпиони Жон Жонс кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 16:01"Барселона" Араухонинг трансфер нархини маълум қилди 0

22 sen 20:34
Yangiliklar

Tennis, Boshqalar

Ashxobod. O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan onlayn yakunlandi

Ashxobodda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida qatnashayotgan sportchilarimizning ishtiroklarini onlayn ravishda ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.


22 sentyabr kun uchun medallar jamg'arish reytingi:



20:35.
 Kun yakunlariga ko'ra sportchilarimiz bugun 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritdilar.


20:32. Og'ir atletikachimiz Ulug'bek Alimov 1 kg vaznga iroqlik raqibidan ortda qolib ketdi va yakunda kumush medali bilan kifoyalandi... Afsus...


20:23. Ulug'bek Alimov o'zi uchun medalni naqd qildi. Endi o'sha medalni oltinga aylantirish kerak. Bunda bayroqdorimizga eronlik va iroqlik sportchilar raqiblik qilishmoqda. Olg'a, Ulug'bek!


20:11. SHaxmat. Jahongir Vohidov turkmanistonlik raqibiga yutqazdi. Gulruhbegim Tohirjonova esa indoneziyalik shaxmatchiga imkoniyatni boy berdi. Afsus... Aynan shu shaxmatchilarimizdan medallar kutgandik. Ular ushbu mag'lubiyat orqali o'z imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordilar. Oldinda yana 3 ta o'yin bor. 


20:07. Velosportchilarimiz jamoaviy bahslarda Tayland terma jamoasiga yutqazib qo'yishdi va bronza medalidan ham quruq qolishdi. Pfff...


20:00. Oltin medallarimiz soni 16taga etdi. Hozircha jadvalning uchinchi pog'onasidamiz. Bitta oltin va ikkinchi o'rin! Og'ir atletikachimizdan umid!


19:55. -90kg vazn toifasidagi polvonimiz SHuhratjon Arslonov eronlik Dolu Zamanini so'nggi soniyalarda mag'lubiyatga uchratdi va navbatdagi OLTIN MEDALni O'zbekiston delegaciyasi hisobiga qo'shib qo'ydi. 


19:45. Og'ir atletika. Ulug'bek Alimov dast ko'tarish bahslariga yakunlariga ko'ra ikkinchi ko'rsatkichni qayd etdi. U peshqadam turkman sportchidan 1 kilogramm past natija ko'rsatgan. Umid qilamizki, u siltab ko'tarish bahslarida farqni yo'qqa chiqarib, oltin medalni o'ziniki qilib oladi!


19:35. -52kg vazn toifasida jang qilgan kurashchimiz Gulnor Sulaymonovadan ham OLTIN MEDAL! U finalda mezbon spotchi Sayyara Ereshovani mag'lub etdi!!!


19:33. SHaxmatchimiz Nodira Nodirjanova eronlik raqibi bilan durang qayd etdi. Alisher Begmurodov esa shri-lankalik shaxmatchini mag'lubiyatga uchratdi.

Gulruhbegim va Jahongir hozircha o'z o'yinlarini yakunlamadilar.


19:30. Birozdan so'ng yana ikki nafar kurashchimiz final jangini o'tkazadi. 


19:16. -100kg vazn toifasidagi kurashchimiz Ilhom Jo'raev eronlik Mijtaba Nibkinni mag'lubiyatga uchratib, OLTIN MEDALni qo'lga kiritdi!!!


19:07. -57 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Dildora SHermatova taylandlik Prapatip Narkarachni mag'lubiyatga uchratdi. Halol! KUNNING UCHINCHI OLTIN MEDALI!


19:04. OLTIN! +100kg vazndagi polvonimiz eronlik Kamron Rostamini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.


19:00. Birozdan so'ng kurashchilarimiz final janglarini boshlaydilar. 


18:45. Fayziev/Folc juftligi gonkonglik tennischilar Vong/Ip juftligini 6:3, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldilar. 


18:39. Demak, kurash bahslarida 5 nafar sportchimiz oltin medal uchun jang qiladi.


18:38. Kurash. SHuhratjon Arslanov eronlik raqibidan ustun keldi va finalga yo'l oldi. Ajoyib!


18:28. Kurashchilarimizda ketma-ket g'alabalar. Dildora SHermatova, Ilhom Jo'raev, Gulnor Sulaymonovalar yarim finalda raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.


18:25. 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida Xurshidjon Tursunov finishga ikkinchi bo'lib etib keldi va kumush medalni qo'lga kiritdi.


18:22. Kurash. Muhsin Hisomiddinov mezbon kurashchini mag'lubiyatga uchratib final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


18:16. Belboqli kurash. Alish. Mo'ydinova Manzuraoy (-55kg) turkmanistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib musobaqaning OLTIN medalini qo'lga kiritdi!


18:08. Fayziev-Folc juftligi birinchi setni 6:3 hisobida o'z foydalariga hal qildilar. Yaxshi!


17:55. Og'ir atletikachimiz Kumushxon Fayzullaeva o'z ishtirokini yakunladi. Vakilimiz 11 nafar sportchi ichida 6-natijani qayd etdi. Birinchi o'rin qozog'istonlik spotchi Assem Sadikovaga nasib etdi.


17:28. Ayni paytda tennisda mikst bahslarida Fayziev/Folc juftligi gonkonglik raqiblariga qarshi kortda harakat qilmoqdalar. G'olib tomon yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


16:00. Bizning "Fantastik to'rtlik" to'rtinchi tur o'yinlarini boshlashdi.


15:30. Velosport. O'zbekiston terma jamoasi 4000 metr masofalik bahslarda bronza medali uchun taylandliklarga qarshi kurash olib boradi. Bahs kechki payt bo'lib o'tadi.


15:19. Suzish. 50 metrga erkin suzish bahslarida Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenkolar saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib oldi. Ular endi finalda ishtirok etadilar.


15:00. Belbog'li kurash bahslarida Mo'ydinova Manzuraoy finalga yo'l oldi. U oltin medal olish uchun turkmanistonlik Merjen Inatillaevaga qarshi gilamga chiqadi.


14:12. Nodira Nodirjonova iordaniyalik Boshra Alshaebidan ustun keldi.


14:07. Gulruhbegim Toxirjonova eronlik Mitra Xejazipurni mag'lubiyatga uchratdi.


14:00. SHaxmat. Alisher Begmuradov qozog'istonlik Rinat Jumabaev bilan durang o'ynadi.


13:49. Tennischimiz Farrux Do'stov qozog'istonlik Denis Evseevni 6:2, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi. U finalga chiqish uchun hindistonlik raqibga qarshi kortga chiqadi.


13:30. Belbog'li kurash. Alish bahslarida SHeralieva Sabohat, Gulmira Ismatova, Abdurasul Xabibullaev, Obidali Mavlonov, SHerzodjon Rahimov, Eldor Nematovlar yarim finalda imkoniyatni boy berib qo'ydilar va yakunda bronza medali bilan kifoyalandilar.


12:55. Saytimizga sportchilarimizning kechagi ishtiroklaridan suratlar joylashtirildi. Tomosha qilishingiz mumkin.

Ashxobod. Ot sporti. O'zbekistonlik sportchilar Osiyo o'yinlarida. FOTOGALEREYA


Ashxobod. Velosportchilarimizning ishtiroklaridan FOTOGALEREYA


Ashxobod. Og'ir atletikachimiz SHaxzod Xudoyberganov kumush medal sohibi FOTOGALEREYA


Ashxobod. O'zbek kurashi bahslarida o'zbek sportchilarining muvaffaqiyatlari. FOTOGALEREYA


12:22. Jahongir Vohidov vetnamlik Tien Xai Daoga yutqazib qo'ydi... Biz undan ushbu turnirda oltin medal kutayotgandik.


11:40. Og'ir atletikada esa Kumushxon Fayzullaeva va Ulug'bek Alimovlar bugun o'z chiqishlarini namoyish etadilar.


11:35. Bugun shuningdek Farrux Do'stov yarim finalga chiqish uchun qozog'istonlik Denis Evseevga qarshi kortga chiqadi.


11:33. Kurash. Muhsin Hisomiddinov, Dildora SHermatova, Gulnor Sulaymonova, SHuhratjon Arslanovlar yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.


11:32. SHaxmat. Sportchilarimiz uchinchi tur o'yinlarini o'tkazishmoqda.


11:29. Boulingda ham vakillarimiz ishtiroklarini boshlashgan.


11:15. Ayni paytda belbog'li kurashda sportchilarimiz saralash bahslarini o'tkazishmoqda.


Bugungi bahslarda o'zbekistonlik sportchilar 3x3 basketbol, belbog'li kurash, bouling, shaxmat, velosport, ot sporti, kurash, suzish, tennis, og'ir atletika kabi sport turlarida ishtirok etadilar.

Reyting: +5   

Fikrlar

+3   
22 sen 19:34:35
Is Moi LoVe
Taylanddan o`tdik 3-o`rindamiz
+2   
22 sen 19:33:11
Is Moi LoVe
Yana bitta OLTINNNNNNNNNNNNNN Sulaymonova Gulnora!!! HALOOOOOL!!!
+2   
22 sen 18:43:36
Is Moi LoVe
Kurashda 6ta finaldan 5tasida BIZNIKILAR!!! Xudo hohlasa 5ta OLTIN!!! Olg`a!!!
+2   
22 sen 18:38:16
Sport my Life
Olg'a o'zbegim Yaratganni o'zi qo'llasin
+2   
22 sen 18:16:10
Is Moi LoVe
Bugungi kundagi dastlabki OLTIN!!! Mo`ydinova Manzuraoy!!! Balli!!!
+1   
22 sen 20:07:47
Is Moi LoVe
Milliy Kurash bo`yicha mutloq ustunlik!!! 9-0-1 !!! 15ta vazndan 9ta OLTIN
+1   
22 sen 20:02:32
Is Moi LoVe
Kuymazor foydalanuvchining fikriga javob berish
Yana 1 ta oltin olsak, Erondan o'tamiz! GO UZBEKISTAN!
O`sha oltinni Xudo hohlasa bayroqdorimiz Ulug`bek oladi!!!
+1   
22 sen 19:58:41
Kuymazor
Yana 1 ta oltin olsak, Erondan o'tamiz! GO UZBEKISTAN!
+1   
22 sen 19:57:34
Is Moi LoVe
Kurashchilarimizning 5-OLTINI!!! Arslonov Shuxratjon so`ngi soniyalarda g`alabaga erishdi!!! Maladets polvon!!!
+1   
22 sen 19:18:32
Is Moi LoVe
Kurashdan 3-OLTIN!!! Ilhom Jurayev!!! Maladets bollar!!!
+1   
22 sen 19:16:39
Is Moi LoVe
Farrukh foydalanuvchining fikriga javob berish
3 cam bovuradi
Yo`q hali og`ir atletikadan Ulug`bek ham OLTIN oberadi Xudo hohlasa
+1   
22 sen 19:11:16
Is Moi LoVe
Xudo hohlasa bugun 2-o`ringa ko`tarilamiz!!!
+1   
22 sen 19:09:32
Is Moi LoVe
Farrukh foydalanuvchining fikriga javob berish
Qozola bzadan otib ketti
Qozoqlar changimizda qopketyapti!!!
+1   
22 sen 19:08:52
Is Moi LoVe
Kurashdan 2-OLTIN!!! Shermatova Dildoraxon!!! Qoil!!! Yana 3ta oltin!!! olg`a!!!
+1   
22 sen 19:04:41
Is Moi LoVe
Kurashdan !-OLTIN egallandi!!! Xisomiddinov Muhsin!!! Yana 4ta Oltin kutib turipti!!! Bo`shashmanglar!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing