23 sen 13:10
Yangiliklar
Tennis

Ashxobod. Sanjar Fayziev yarim finalga chiqdi
Ashxoboddagi yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida tennis bo'yicha bahslar davom etmoqda.
Turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan sportchimiz Sanjar Fayziev chorak finalda gonkonglik Xong Kit Vongga qarshi o'yin o'tkazdi. Oson bo'lmagan o'yinda tennischimiz 6:7, 6:4, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
U finalga chiqish uchun endi hindistonlik yoki qozog'istonlik raqibga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, kecha boshqa bir tennischimiz Farrux Do'stov yarim finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar