30 avg 16:12
Yangiliklar
"ASIAN FIGHT-2017"ga bag'ishlangan matbuot anjumani haqida batafsil
Ushbu jang kechasida 9 nafar o'zbek sportchimiz jahon sportchilariga qarshi ringga chiqadilar. Bugun O'zbekiston milliy kutubxonasida mazkur tadbir tashkiliy qo'mitasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Jamshid Xojiakbarov va Sabina Berdievalar olib borgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi vakili Nazirjon Xudoyqulov, O'zbekistonda sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi raisi Eduard Li, O'zbekiston penchak silat federaciyasi raiyi Aziz Jo'raboev, "O'zMobayl" direktori Vladimir Kravchenko va marketing bo'limi rahbari Akmal Umarovlar, shuningdek, 9 sentyabr kuni jang o'tkazadigan sportchi Muhammadali Toshturg'unovlar ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanini O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi vakili Nazirjon Xudoyqulov boshlab berdi:
"Assalomu alaykum. Eng avvalro barchangizni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. 9 sentyabr kuni farmonga asosan "Asian Fight-2017" musobaqasi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir penchak silat federaciyasi va sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi bilan birga tashkil qilinmoqda. Bundan maqsad yurtimizda sharq yakkakurashlarini rivojlantirish. Umid qilamanki, ushbu turnir ko'tarinki ruxda o'tadi".
SHundan so'ng so'z O'zbekiston sharq yakkakurashlari va jang sanatini rivojlantirish markazi raisi Eduard Liga berildi:
"Markazimiz bunday yirik tadbirlarni tashkil qilish tajribasiga eka. Biz bungacha kikboks, dzyudo, karate, taekvondo bo'yicha ham yirik musobaqalarni tashkil qilganmiz. Maqsadimiz, sharq yakkakurashlarining professional yo'nalishini O'zbekistonda ham rivojlantirish. Mamlakatimiz yakkakurashlar bo'yicha etakchi mamlakatlar sarasiga kiradi. Sizlarni mana shunday yirik tadbir o'tkazilayotgani bilan tabriklamoqchiman".
O'zbekiston penchak silat federaciyasi prezidenti Aziz Jo'raboev:
"2015 yilda O'zbekistonda penchak silatning professional ligasini tuzishni rejalashtirgandik. Mana, faoliyatni boshlab oldik. Sportchilarni musobaqaga tanlashda ularni yuqori natijaga erishganiga alohida etibor qaratganmiz. Jahon va Osiyo chempionatlarida g'oliblikni qo'lga kiritib bo'lgan sportchilarni ko'chada qolib ketmasligini yoki sportdan uzoqlashib ketmasligini istardik. SHarq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi bilan maslahatlashib, ularni o'z federaciyamizda birlashtirdik. Ushbu sportchilar boshqa yakkakurashlarda ham katta yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Masalan, Malayaziyada mikst silat bo'yicha bo'lib o'tgan turnirda sportchilarimiz Hasanxon Baratov va Isroil Rasulovlar chempionlik kamarlarini qo'lga kiritganlar. Bu katta musobaqa edi. Buni juda katta natijaligini alohida takidlab o'tishimiz lozim. SHundan so'ng biz ham katta tadbir tashkil qilishni maqsad qildik. Buni O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi hamda sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi qo'llab-quvvatladi. "UzMobayl" kompaniyasi yordam berdi. SHuningdek, boshqa homilylar ham qo'llab-quvvatladilar. Ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman".
"UzMobayl" kompaniyasi direktori:
"Bu erda ekanligimdan xursandman. Bayram bilan barchani tabriklayman. Mana shunday turnirga rasmiy hamkor bo'lish biz uchun sharafdir. Bundan judayam xursandman. Biz bunday tadbirlarni qo'llab-quvvatlashga doimo tayyormiz".
Jang oqshomida ringga chiqadigan sportchi Muhammadali Toshturg'unov: "Nasib qilsa ushbu shou mustaqilligimizning 26 yilligiga sovg'a bo'ladi. Biz sportchilar ham shunga harakat qilmoqdamiz. O'rta Osiyoda bunday tadbir ilk marotaba tashkil qilinmoqda. Bu katta tadbir bo'ladi. SHuningdek, juda ko'p tomoshabinlar oldida masuliyat ham katta bo'ladi. Maqsadimiz, faqat va faqat g'alaba qozonish. Jangga qattiq tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'z vatanimizda bo'lib o'tadigan turnirda yuzimiz yorug' bo'lishi uchun mehnat qilyapmiz. Nasib qilsa, bu bayram sovg'asi bo'ladi".
SHundan so'ng jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan matbuot anjumani ishtirokchilariga murojaat qildilar:
- Eng avvalo mana shunday katta tadbir tashkil etilayotgani bilan sizlarni ham tabriklayman. Savolim shundan iboratki, bunday shou tadbirlarni kelajakda ananaviy tarzda o'tkazish bo'yicha rejalar bormi?
- Bunday tadbir O'zbekistonda birinchi marotaba o'tkazilmoqda. Uni ananaviy tarzda o'tkazishni maqsad qilganmiz. Birinchisi shou sifatida o'tkazilmoqda. Keyingilari reytingga qarab, ananaviy tarzda tashkil qilinadi. Jahon chempionatini ham O'zbekistonda o'tkazish istagimiz bor.
- Jang oqshomida ringga chiqqan sportchilarga beriladigan mukofot puli qanday bo'ladi?
- Sportchilar professionallardir. Ular havaskorlardan farqli ravishda o'z ishini ustalari hisoblanadilar. Sport ular uchun daromad manbai, kasb hisoblanadi. Ular albatta mukofotlanadilar. Homiylar va federaciya tomonidan pul ajratiladi. Miqdori? Daromadga qarab belgilanadi. Oldindan bir narsa deya olmayman. Bu tijoriy tadbir hisoblanadi.
- Penchak silat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasini shakllantirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
- Federaciya qoshida liga tuzishdan maqsad ham shu. Bu erga o'z sporti ustalarini taklif etganmiz. Ular bilan tadbirlarni davomiy tarzda o'tkazmoqchimiz.
- Mikst silat qoidalari qanday bo'ladi?
- Mikst silatga kurash usullari qo'shilgan. Qonun qoidalarida MMAdan farqli ravishda parter holatida biroz o'zgarishlar bo'ladi. MMAda yotgan holatda tizza va tirsak zarbalarini berish mumkin. Professional silatda esa bunday holatda faqat kurash usulida harakat qilinadi. Parterda qo'lda zarba berish mumkin. Qo'lqoplar bo'ladi. MMAga nisbatan jarohat olish ehtimoli kamroq bo'ladi. To'qnashuvda 10 sekund ichida sportchilarda harakatlanish bo'lmasa, ular ajratib olinadi.
- Savolim Muhammadali Toshturg'unovga. Muhammadali, siz asosan kikboks bilan shug'ullangansiz. Jang vaqtida parterda qiynalmaysizmi?
- Men asosan kikboks bilan shug'ullanganman. Bundan tashqari erkin kurash, jangovor sambo, shuningdek, universal janglarda qatnashganman. Universal jang bo'yicha jahon chempionati sovrindoriman. Xabaringiz bo'lsa, UFC, MMA jangchilarida o'z sport turi bor. Masalan, men kurashchi bilan kurash tushsam yutqazishim mumkin. Agar unga kurash uslubida harakat qilishda yo'l bermasam, raqibni o'z nog'oramga o'ynata olaman. Ayni paytda, 9 sentyabr kungi raqibimni janglarini ko'rib chiqyapman. Raqibim ham meni kuzatayotganligi aniq. U asosan qo'l va oyoqda jang qiladigan sportchi hisoblanadi. Mikst silatda 4-5 xil sport turini mukammal bilgan sportchi ishtirok eta oladi.
- "Asian Fight-2017" turnirida Jan Klod van Dammning o'rni qanday? U O'zbekistonda nimalar qiladi?
- Musobaqa uchun reja tuzayotganimizda muxlislarimizni nima bilan qiziqtira olishimiz mumkinligi haqida savol bor edi. Xalqni etiborini tortish uchun aynan jahon yulduzini tanladik. Aynan van Damm sababli ham bizda ayni paytda ajiotaj kuzatilmoqda. U nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda mashhur. Uni dunyo OAV vakillari ham kuzatadilar. Uning tashrifi musobaqaga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi. Tadbirga M1 federaciyasi rahbari ham tashrif buyurishi kutilmoqda. CHiptalarni so'rab qo'shni mamlakatlar Qozog'iston, Qirg'izistondan ham qo'ng'iroqlar bo'lmoqda. Jahon chempioni hisoblangan Mahmud Murodov sabab Pragadan 20 nafardan ortiq muxlis tashrif buyurmoqchi. Bunday tadbirlar orqali O'zbekistonni yanada tanitib olamiz. Van Dammni ko'rish imkoniyati doim ham bo'lavermaydi. Bungacha uni faqat TV orqali ko'rganmiz.
- Ushbu musobaqada Sunnat Ilyasovning qanday vazifani bajarmoqda?
- Musobaqani o'tkazishda O'zbekiston penchak silat federaciyasi professional ligasi raisi Sunnat Ilyasovning hissasi katta bo'lmoqda. U federaciyamizga o'z maslahatlari bilan katta yordam bermoqda. Sportchilarni tanlab olishda ham uning hissasi bo'ldi.
- Tadbirga Fedor Emelyanenko kelishi haqida malumot berilgandi...
- Boshida Emelyanenko ushbu tadbirga kelish uchun og'zaki roziligini bildirgandi. Keyin esa orada jang o'tkazib, mag'lubiyat uchradi. SHu narsa tasir qildimi bilmadim, vaqti tig'izligini aytib, kelolomasligini malum qildi.
- "UzMobayl" kompaniyasi nima uchun aynan mikst silat turniriga hamkor bo'lishni lozim topdi?
- Kompaniyamiz bunday tadbirlarda ishtirok etishga doimo tayyor. Maqsadimiz, ushbu tadbir orqali yoshlarga sportga qiziqishni orttirish. Nima uchun penchak silat? Biz boshqa ko'plab sport turlarida ishlaganmiz. Boks, kikboks tadbirlarida ham bo'lganmiz. Maqsad aynan qaysidir sport turini qo'llash emas, O'zbekistonda sportni rivojlanishga yordam berish. Kompaniyamiz nafaqat penchak silat, balki, boshqa sport turlarida ham ishlashga tayyor.
- "Bunyodkor" stadionini to'ldirish imkoniyati qanday? Stadion 9 sentyabr kuni to'ladi deb o'ylaysizmi?
- Musobaqa yodda qoladigan bo'lishini istaymiz. Turnir navbatdagi tadbirlarga tramplin vazifasini bajarishi kerak. Tadbirga qiziqish katta. CHiptalarning eng arzoni 50 ming so'm. Qimmati esa 300 ming so'm bo'ladi. Ushbu narxlar joyga, sharoitga qarab belgilangan. Menimcha, bu qimmat narx hisoblanmaydi.
Matbuot anjumanini Jamshid Hojiakbarov va Sabina Berdievalar olib borishdi
- Tadbir TV orqali jonli efirda namoyish etiladimi?
- Translyaciya bo'yicha "Milliy TV" hamkorimiz hisoblanadi. Tadbir jonli efirda namoyish etilmaydi. "Milliy TV" orqali yozib olingan holatda ko'rsatiladi. Ushbu turnirning axborot hamkorlari "Milliy TV, "Oriyat Dono" radiosi, "Olamsport.com" hamda "Championat.asia" saytlari hisoblanadilar. Aynan ular tabbirni eksklyuziv yoritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Biz muxlislarimiz ushbu tadbirni stadionga kelib, jonli ravishda ko'rishlarini istaymiz.
- Tadbir qanday qoidalar asosida bo'ladi? Rindami? Necha raund va necha daqiqadan iborat bo'ladi?
- Janglar 6 burchakli ringda o'tkaziladi. Xar bir janglar uch raund bo'ladi. Bir raund 5 daqiqa davom etadi. Barchasi professional qoidalar asosida tashkil qilinadi.
- 9 sentyabr kungi reja qanday?
- Tadbir soat 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Unga qadar esa tomoshabinlar o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi chiqishlardan bahramand bo'lishlari mumkin bo'ladi. SHouga ko'plab o'zbek shou-biznesi vakillari taklif qilingan. Ochilish marosimidan so'ng janglar boshlanadi. Orada Rossiya estradasi yulduzi "Lok Dog" ishtirok etadi. SHuningdek, Tojikistondan ham sanatkorlar keladi. Alan CHerkasov boshlovchi sifatida taklif qilingan. Ushbu tadbir uchun mahsus kuy bastalangan.
Aziz To'xtamurodov
Foto: Tolibjon Qosimov
Marosimdan olingan suratlarni tomosha qiling
Fikrlar