So’nggi yangiliklar

17:17Тайсон Фьюри: "Жошуа билан жанг учун шартнома имзолаганман" 0 16:40Пауло Коста: "Агар UFC хоҳласа, камар учун 93 кг.да қоламан" 0 16:16Ўзбекистоннинг U-17 Осиё Кубогига борадиган таркиби аниқ 0 15:39Жон Жонс: "Мен ёмондан кўра кўпроқ яхши инсонман" 0 15:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг қозоғистонлик рақибга қарши янги жанг санаси расман маълум қилинди (ПОСТЕР) 0 14:56UFC рейтинги. Богдан Гусков икки поғона пастлади, Пауло Коста ундан юқорига жойлашди 0 14:26Ана холос! "Пахтакор" Аҳмедов шарафига "музлатилган" рақамни ёш дарвозабонига берди 0 14:02Собиқ чемпион Чимаев — Стрикленд жангига тахмин берди 0 13:38Пауло Коста: "UFC билан шартнома бўйича охирги жангим қолди" 0 13:16"Анкалаев кейинги даъвогар бўлиши керак" - Камару Усман 0 12:45Ҳарри Кейн топ-5 лигаларда рекордни такрорлади 0 12:19Флойд Мейвезерга нисбатан 105 минг долларлик даъво аризаси киритилди 0 11:43Қаршида Uzbekistan Judo Tour мусобақаси бошланди 0 11:22Тимофеева Руан турнири илк даврасида учрашув ўтказди 0 11:01"Лидс" 45 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0

12 sen 11:00
Yangiliklar

Paralimpiya

Asila Mirzayorova va Dovurxon Karomatovga uy sovg'a qilindi + FOTO

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida XVII yozgi Paralimpiya o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarni kutib olish marosimi tashkil etildi.

Musobaqada qashqadaryolik sportchilardan para engil atletikachi Asila Mirzayorova hamda para dzyudochi Dovurxon Karomatov g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Asila uzunlikka sakrash dasturida 5.24 metr natija qayd etgan holda yurtimiz delegaciyasiga birinchi oltin medalni olib berdi hamda 28 yil davomida saqlanib kelgan Paralimpiya rekordini yangiladi.

Para dzyudoning erkaklar o'rtasidagi J2 klass -90 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Dovurxon Karomatov esa bronza medalini qo'lga kiritib, ikkinchi bor Paralimpiya o'yinlari sovrindori bo'ldi.

Qarshi shahrida tashkil etilgan sovrindor paralimpiyachilarni tantanali kutib olish marosimida so'zga chiqqan viloyat hokimi Murotjon Azimov sportchilarni va ularning yaqinlarini viloyat ahli nomidan samimiy tabriklab, ularga tantanali ravishda xonadon kalitlarini topshirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing