25 iyu 12:20
Yangiliklar
Futbol
Asimov Osiyo Kubogi-2019 saralash bosqich o'yinida ishlaydi
Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019 turniriga saralash bosqich “B” guruhi 3-turidan o'rin olgan KXDR - Livan uchrashuviga rasmiylarni tayinladi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov mazkur o'yinda bosh hakam bo'ladi. Alisher Usmonov va Timur Gaynullin qanot hakamlari vazifasini bajaradi. Zaxira hakami – SHerzod Qosimov.
O'yin komissari – hindistonlik Rufus Princ. Hakamlar nazoratchisi vazifasi Gonkong vakili Lam CHi Xoga yuklatildi. Eronlik SHahin Rahmoni xavfsizlik oficeri etib tayinlandi.
Malumot uchun, KXDR – Livan uchrashuvi shu yilning 5 sentyabr kuni KXDR poytaxti Pxenyan shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar