09 may 09:02
Yangiliklar
Muaytay

Aslamjon Ortiqov markaziy jangda. Bugun ikki hamyurtimiz One Friday Fights 107 turnirida ishtirok etadi
Bugun Tailandning Bangkok shahrida joylashgan "Lumpinee" majmuasida ONE Friday Fights 107 turniri tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, avval xabar berganimizdek, musobaqaning markaziy bellashuvida o'zbekistonlik muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqov mezbon yurt vakili Dedduanglek Vangxongomga qarshi jang qiladi. Malumot o'rnida, Aslamjon Ortiqov prof faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Bundan tashqari, musobaqa doirasida yana bir hamyurtimiz Avazbek Xolmirzaev ham o'z jangini o'tkazadi. Unga Braziliya vakili Robson de Oliveyra raqib bo'ladi. Xolmirzaev hisobida 11 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat, Robsonda esa 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud.
Turnir Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar