So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

04 apr 11:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Asosiy jang ishtirokchisi "uxlab" qoldi. PFL Gran-pri turnirining barcha natijalari bitta xabarda

AQSHning Orlando shahrida MMA bo'yicha PFL Gran-pri turniri bo'lib o'tdi.

Bu yil hisobidan ilk bor o'tkazilgan ushbu turnirda chorak final janglari tashkil etildi. Rossiyalik yarimo'rta vazn toifasi vakili Andrey Koreshkov oqshomning asosiy jangida sobiq Bellator chempioni Jeyson Jeksonga imkoniyatni boy berdi. Tajribali Jekson ikkinchi raundda "Spartanc"ni bo'g'ib qo'ydi. 

Yana bir rus aralash yakkakurash ustasi Muhammad Berxamov prelim kardni yakunlab bergan jangda amerikalik Ted Jinga birinchi raunddayoq yutqazdi. Raundning so'nggi daqiqasida Jin chap tomondan berilgan kuchli va aniq zarba evaziga Berxamovni nokautga uchratdi. Endi Jekson va Jin Gran-pri 1/2 finalida o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. Ikkinchi yarim final juftligida esa Logan Storli va Masayuki Kikuiri o'zaro jang qilishadi. 

Ushbu bosqichda rossiyaliklardan birgina yarimengil vazn toifasi vakili Movlid Xaybulaev g'alaba qozondi. U hakamlarning ayri qarori bilan Jeremi Kennedini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi va 1/2 finalga yo'l oldi. Movlid endi final yo'llanmasi uchun kechadigan jangda koreyalik Tay Kyun Kimga qarshi jang o'tkazadi. Tay Kyun 1/4 finalda Neytan Kellini birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratdi.


PFL World Tournament 1 turnirining barcha natijalari:

Jeyson Jekson Andrey Koreshkovni texnik sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga 2-raundda taslim etdi – 2-paund, 4:21 (vaqt)

Xesus Pinedo Adam Borichni texnik nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 3:43

Logan Storli Jozef Luchianoni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (30-27, 30-27, 30-27)

Movlid Xaybulaev Jeremi Kennedini ochkolar hisobida yutdi (28-29, 29-28, 29-28)

Ted Jin Muhammad Berxamovni nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 4:25

Gabriel Braga Frederik Dyuprasni sabmishn evaziga taslim etdi – 1-raund, 4:37

Masayuki Kikuiri Giannis Basharni texnik nokautga uchratdi – 2-raund, 5:00

Tay Kyun Kim Neytan Kellini sabmishn bilan yutdi (ortdan bo'g'ish) – 1-raund, 4:53

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing