24 jan 10:21
Yangiliklar
Asosiy jangi Xollouey - Oliveyra bo'lgan UFC 326 turnirining rasmiy posteri elon qilindi + FOTO
UFC ligasi matbuot xizmati asosiy jangida BMF kamarining amaldagi sohibi amerikalik Maks Xollouey hamda engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik CHarlz Oliveyra o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tadigan UFC 326 turniriga rasmiy posterni elon qildi. Bu ikki aralash yakkakurash ustasi uchun bu revansh maqomidagi jangi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra so'nggi jangini 12 oktyabr kuni Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 261 turniri doirasida o'tgandi. O'shanda u o'z vatandoshlari ko'z o'ngida polshalik Mateush Gamrotni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi.
Maks Xollouey esa 20 iyul kuni UFC 318 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida hamyurti Dastin Porega qarshi oktagonga chiqqandi. Jang to'liq besh raund davom etgan va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan Xollouey g'alaba qozongandi.

Fikrlar