13 jan 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Aspinall Jon Jons bilan jang borasidagi muzokaralar yakunlanganini aytdi
UFCning og'ir vazndagi vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall to'laqonli chempion Jon Jonsga qarshi jang borasida muzokaralarni tugatganini aytdi.
"Ayni paytda vaziyat shunday: men kutyapman. Biz tomondan barcha masala hal qilindi. Men "ha" dedim va barcha shartlarga rozi bo'ldim. Endi Jon Jonsning javobini va UFC qarorini kutaman. Yaqin haftalar ichida barchasi aniq bo'ladi", - dedi Aspinall.
Havola :
Manba : Fight Time
Fikrlar