10 may 05:52
Yangiliklar
Astana Barysy Grand Slam. Bugun to'rt nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qitasi 87 davlatidan jami 455 nafar (238 erkak, 217 ayol) dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi ham bor.
Bugungi ilk kungi bahslarda to'rt nafar dzyudochi qizimiz medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, engil vazn toifasida O'zbekiston erkaklar terma jamoasidan hech kim ishtirok etmaydi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqibalari:
-48 kg: Halimajon Qurbonova — Natasha Ferreyra (Braziliya)
-52 kg: Gulhayo Jo'raeva — Alesiya Kuznecova (AIN)
-52 kg: Sita Kadambaeva — Balnur Abdeshova (Qozog'iston)
-57 kg: SHukurjon Aminova — Hasret Bozkurt (Turkiya)
Fikrlar