17 iyu 09:58
Yangiliklar
Tennis
Astana “CHellenjer”. Birozdan so'ng “o'zbek derbisi” boshlanadi
Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
Sovrin jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada ikki hamyurtimiz - Humoyun Sultonov va Farrux Do'stov ham ishtirok etyapti. Turnir tashkilotchilari Do'stovga asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi. Sultonov esa saralashdagi ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga chiqdi.
Etiborlisi, qura natijasiga ko'ra bu ikki tennischimiz bugun ilk davradayoq bir-birlariga qarshi kortga chiqishadi. Bu bahs bir necha daqiqalarda so'ng boshlanadi. Ikkinchi davrada turnirning uchinchi raketkasi avstriyalik Sebastyan Ofner hamda qozog'istonlik Timur Xabibulin juftligi g'olibi hamyurtlarimizdan biriga raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar