17 iyu 12:44
Yangiliklar
Tennis
Astana "CHellenjer". O'zbek derbisida yoshlik shijoati ustun keldi
Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turnirining asosiy davrasi boshlangan.
Musobaqaning ilk davrasida ikki hamyurtimiz o'zaro to'qnash kelishi haqida xabar berib o'tgandik.
Unda tajribali Farrux Do'stov yosh istedodli Humoyun Sultonovga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 25 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun Farruxni 6:4, 6:2 hisoblarida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Malumot uchun, Humoyun Sultonov asosiy davraga saralash bosqichi orqali etib kelgan, Do'stov esa wild card imtiyozi bilan asosiy davradagi ishtirokini boshlagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar