26 noy 07:06
Yangiliklar

“Aston Villa” o'z uyida “Nyukasl”dan ustun keldi
Turning so'nggi bahsida “Aston Villa” va “Nyukasl” jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Birinchi bo'limning to'rt daqiqasi oralig'ida kiritilgan ikki gol o'yin taqdirin hal qildi.
Uchrashuvni 2:0 hisobida o'z foydasiga hal qilgan mezbonlar ochkolari sonini 14 taga etkazib, musobaqa jadvalining 15-pog'onasiga ko'tarilib olishdi. Ulardan bir pog'ona yuqoridagi “Nyukasl” hisobida esa 15 ochko bor.
Aston Villa – Nyukasl 2:0
“Villa Park” stadioni
Gollar: 1:0 – 32 Xurixeyn, 2:0 – 36 El-Gazi.
Aston Villa – Xiton, Gilber, Konsa, Mingz, Targett, Xurixeyn (Lensberi, 90), Makginn, Grilish, Duglas Luis, El-Gazi, Uesli.
Nyukasl – Dubravka, Yedlin, Fernandes, Dammett (Kerroll, 63), Villems, Almiron (Atsu, 79), SHelvi, Sen-Maksimen, Xeyden, Klark, Joelinton (Geyl, 72).
Ogohlantirishlar: Fernandes (35), Uesli (80).
Fikrlar